Useyn Bolt vaznsizlik holatida yugurish bo‘yicha ham g‘alaba qozondi
Yugurish bo‘yicha sakkiz karra olimpiya chempioni Useyn Bolt vaznsizlik holati yaratilgan maxsus samolyotlar mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Video sportchining Twitter-akkauntida paydo bo‘ldi.
Running in Zero Gravity @GHMUMM. #DareWinCelebrate #NextVictory 🚀 pic.twitter.com/5P5CACcLOx
— Usain St. Leo Bolt (@usainbolt) September 12, 2018
Yamaykalik sportchi yugurish bo‘yicha ikki nafar fazogir bilan bahslashdi hamda yakunda g‘alaba qozondi.
Bolt iyul oyi oxirida futbolchiga aylandi. Sportchi Avstraliya oliy divizionida to‘p suruvchi «Tsentral Kost Mariners» futbol klubi tarkibiga kelib qo‘shildi.
Bolt - yugurish bo‘yicha sakkiz karra olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempioni sanaladi. Shuningdek, u 100 metr va 200 metrga yugurish bo‘yicha jahonning amaldagi rekordchisi hisoblanadi (mos ravishda - 9,58 va 19,19 soniya).
Mavzuga oid
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
11:42 / 17.11.2023
Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
10:20 / 15.11.2023
O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yugurish musobaqalari o‘tkaziladi
09:39 / 22.06.2023