Jahon | 23:15 / 14.09.2018
4776
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiya deyarli yarmiga kamaydi 

Foto: Anadolu Agency

Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiya oqimi 2018 yilning yanvar-iyunida 2017 yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa chegaralarni nazorat qilish agentligi Frontex ma'lum qilgan. 

Xabarda aytilishicha, Sharqiy-O‘rta yer dengizi orqali kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni oshmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni 2017 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 2 marta oshgan.  

Shu bilan birga YeIga Markaziy O‘rta yer dengizi orqali kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni 80 foizga kamaygan.

Ispaniyaga kelgan noqonuniy muhojirlar soni esa 2017 yilning shu davriga nisbatan 2 marta ko‘paygan.

Mavzuga oid