Sport | 10:44 / 17.09.2018
7551
2 daqiqa o‘qiladi

«Devis kubogi». O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Getty Images

Devis kubogi pley-off bosqichi Jahon guruhi doirasidagi bellashuvda britaniyalik tennischi Kemeron Norri O‘zbekiston vakili Sanjar Fayziyevni 6:2, 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yin 1 soat-u 55 daqiqa davom etdi. Norris uchta eysni amalga oshirdi, shuningdek, yetti marta to‘pni o‘yinga kiritishda xato qildi va sakkizta breyk-poyntdan foydalandi. Uning raqibi esa bironta ham eys qilolmadi, to‘p uzatishda to‘rt marta xatoga yo‘l qo‘ydi va bitta breykni yutib oldi. Bundan avval avval tennischilar o‘zaro uchrashmagan.

Buyuk Britaniya - O‘zbekiston bahsida hisob 3-1 ko‘rinishiga keldi. Shu tariqa, britaniyaliklar DK Jahon guruhi 2019 yilgi mavsumida qatnashish huquqini saqlab qolishdi.

Buyuk Britaniya - O‘zbekiston pley-off o‘yinlari Glazgodagi (Shotlandiya) xard qoplamali, yopiq kortlarda bo‘lib o‘tdi. Devis Kubogi doirasida bu mamlakatlar avval o‘zaro to‘qnash kelmagan.

Mavzuga oid