O‘zbekiston g‘o‘za bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyada g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish, g‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.
Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, 2018 yilning 16-20 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining delegatsiyasi Turkiya Respublikasida bo‘ladi. Delegatsiya a'zolari Istanbul, Mardin, Shanliurfa va Izmir shaharlariga tashrif buyuradi.
Delegatsiyaga innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining sho‘'ba mudiri X.Ishanov, suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.Mamutov, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh.Namozov, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori I.Mahmudov, Toshkent viloyatining hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Boyqarayev, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari M.Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Hikmatov, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi O.Isroilov ham delegatsiya tarkibidan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024