O‘zbekiston | 15:51 / 18.09.2018
68832
2 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi hodisa bo‘yicha yangi tafsilotlar: halok bo‘lganlar fermer xo‘jaligidagi ishlarga olib ketilayotgan bo‘lgan

2018 yilning 18 sentabr kuni soat 07:30larda ISUZU rusumli avtobus Kogon tumanidagi “Zelich oil” metan gaz quyish shoxobchasidan yoqilg‘i quyib, taxminan 700 metr masofa yurganidan so‘ng, “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishining 201-km.da harakatlanib ketayotganida gaz balloni portlagani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xo‘jaligi raisi R.Ahmedov, Vobkent tumani “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashovchi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish uchun tashkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan fermer xo‘jaligida ekilgan makkajo‘xori so‘tasini olish uchun Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda ushbu hodisa sodir bo‘lgan.  

Avvalroq, Buxoro viloyati IIB xabarida jabrlanganlar voqea ular paxta terish uchun og‘zaki kelishib, Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketilayotgan vaqtda ushbu hodisa sodir bo‘lganini aytishgani ma'lum qilingandi.   

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Buxorodagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berildi.

Mavzuga oid