Qirg‘izistonga aksilterror mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Rossiyaning 50ga yaqin harbiy texnikasi keltirildi
MDH davlatlari harbiy kuchlarining «Issiqko‘l -Antiterror-2018» aksilterror mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Markaziy harbiy okrug 41-umumqo‘shin armiyasi tog‘-motoo‘qchi brigadasining 50ga yaqin harbiy texnikasi Tuvadan Qirg‘izistonga keltirildi.
«Issiqko‘l -Antiterror-2018» xalqaro mashg‘ulotlarida Markaziy harbiy okrugning «Nona-SVK» o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, «Tigr» zirhli avtomobillari, «Ural» va KamAZ yuk mashinalari ishtirok etadi. Harbiy texnikadan shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarda foydalaniladi.
Xabar qilinishicha, oktabr o‘rtalarida Qirg‘izistonda yana bir - «O‘zaro hamkorlik–2018» harbiy-o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi. Unda KXShT tezkor harakatlanish kollektiv kuchlari qo‘mondonligi va qo‘shinlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024