Tashqi savdo vaziri: «Yangi transport koridorlari uchun davlatlar qonunchilikni o‘zaro uyg‘unlashtirishi zarur»
20 sentabr kuni Toshkentda «Markaziy Osiyo transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» mavzusida transport kommunikatsiyalari sohasida birinchi xalqaro konferensiya boshlandi.
Ushbu tadbir soha tarmoqlari rahbarlarini, shuningdek, Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarning amaliyotchilari mutaxassislarini anjumanga jalb etgan holda temir yo‘l transporti, avtomobil transporti va aviatashuv bo‘yicha muhim masalalarni hal etishga yordam beradi.
Ishtirokchilar orasida 37ta mamlakatdan 300dan ortiq xorijiy mehmonlar tashrif buyurishgan: Latviya, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Singapur, Avstriya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Belorus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Shveytsariya va Yaponiya mamlakatlari va boshqalar.
«Bu muloqot maydoni qo‘shma yechimlarga kelish, shuningdek chegaradagi tovarlarning asossiz kutishi, chegaralangan nazorat-o‘tkazish punktlaridagi boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha umumiy fikrga kelish uchun imkoniyat yaratadi. Misol uchun, Transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, yangi transport koridorlarini tashkil etish, mintaqadagi davlatlarda bu sohaga oid mahalliy qonunchilikni o‘zaro uyg‘unlashtirish zarur. Umid qilamizki, tomonlar Osiyo va Yevropani bog‘lovchi transport koridorlari yaxlit tizimini yaratish, raqobatbardosh tranzitni ta'minlash maqsadida yuk tashish bo‘yicha sodda va qulay mexanizmini tashkil etish bo‘yicha bir fikrga kelishadi. Transport va kommunikatsiyalar sohasida Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan vazifalarning keng ko‘lamini hisobga olgan holda, ushbu masalalarni birgalashib, davlatlararo darajada hal etish lozim», deydi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.
Konferentsiya mavjud va yangi tranzit yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida huquqiy va texnik masalalar bo‘yicha davlat va xususiy sektor vakillari muloqoti, shuningdek investorlar, donorlar va benefitsiarlar o‘rtasida koordinatsiya masalalarini hal etish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Konferentsiya yakunida Markaziy Osiyo mintaqasida transport sohasini rivojlantirishga doir kommunikatsiyalar va bir qator protokollarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
16:43 / 07.12.2024
Markaziy Osiyo aholisi soni 80 milliondan oshdi
17:22 / 19.11.2024