O‘zbekiston | 12:57 / 21.09.2018
4275
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

21 sentabr kuni "Davlat xizmatlarinn ko‘rsatish tizimini takomillashtirish: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot" mavzuidagi xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Unda BMTTD va YeXHT tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, respublikamizdagi vazirlik, mutasaddi idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarn vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlari hamda O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi mutasaddilarining aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy asoslari, zamonaviy innovatsion shakllari va usullari, rivojlangan mamlakatlar tajribasidagi istiqbolli islohotlar bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.

Munozaralar davomida tadbir ishtirokchilari davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish va optimallashtirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishni ta'minlaydigan innovatsion shakllarini joriy etish bo‘yicha bildirilgan mulohazalar doirasida fikr almashdilar.

Mavzuga oid