Iqtisodiyot | 15:16 / 21.09.2018
6008
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga qandolat mahsulotlari va dorilar yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi 

Foto: pixabay

Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi turdagi mahsulotlarni yetkazib bermoqchi va metall quvurlar, temir yo‘lat prokatlari, qandolat mahsulotlari, dori vositalari, akkumulyatorlar, transformatorlar hamda boshqa tovarlarni yetkazib berish hajmini oshirmoqchi.

Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari departamenti direktori Valixon To‘raxonov Senatdagi hukumat soatida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Vlast».

«Biz butunlay yangi turdagi mahsulotlar yetkazib berishga tayyormiz va O‘zbekistonga metall quvurlar, temir po‘lat prokatlari, qandolat mahsulotlari, dori vositalari, akkumulyatorlar, transformatorlar hamda boshqa tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatiga egamiz. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning ko‘plab import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini pasaytirish to‘g‘risidagi qarori savdo munosabatlarini faollashtirishda ijobiy qadam bo‘ldi», - dedi To‘raxonov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shuningdek, Qozog‘iston «o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarni yanada kuchaytirishga qat'iy qaror qilgan».

Mavzuga oid