Jahon | 17:00 / 21.09.2018
10090
1 daqiqa o‘qiladi

Viktoriya ko‘lidagi fojia. Qurbonlar soni keskin oshdi

Foto: Citizen

Tanzaniyadagi Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromining cho‘kib ketishi natijasida halok bo‘lganlar soni 86 kishiga yetdi. Bu haqda Citizen mahalliy nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, kema cho‘kib ketishidan avval qirg‘oqdan 50 metr masofada bo‘lgan va to‘xtashi kerak edi. Bundan tashqari, mahalliy rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, paromning yuk ko‘tarish imkoniyati 100 nafar yo‘lovchi hamda 25 tonna yukka mo‘ljallangan bo‘lgan, biroq halokat chog‘ida kema bortida 400 nafardan ortiq kishi bor edi.

Bundan tashqari, qutqaruvchilar 37 kishini suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayni vaqtda qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktoriya ko‘lidagi fojia oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid