O‘zbekiston | 14:55 / 25.09.2018
9148
1 daqiqa o‘qiladi

Onlayn auksionda qariyb 4 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 17 sentabrdan 21 sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 810,8 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichdan 6,2%ga ortiq ekanligini ko‘rsatadi.

"O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 869ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 milliard so‘mdan oshdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26%ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 52%ga teng.

Mavzuga oid