Tramp barcha davlatlarni Eronni yakkalantirib qo‘yishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, Eron o‘z siyosatini o‘zgartirgudek bo‘lsa, bu mamlakat rahbariyati bilan uchrashishga rozi bo‘ladi.
«Bu uchrashuv bo‘ladi. Menimcha, ularda boshqa tanlov yo‘q. Biz Eron bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishni istaymiz, ammo bu hozir ro‘y bermaydi», — deya ma'lum qilgan Tramp BMT Bosh assambleyasi chiqishida.
U Eron o‘z harakatlarini o‘zgartirmas ekan, bu mamlakat rahbariyati bilan uchrashmasligini ta'kidlagan.
Tramp Eronga qarshi sanksiyalar 5 noyabrdan yana tiklanishiga va'da bergan.
«O‘tgan oyda biz Eronga qarshi sanksiyalarni, yadroviy kelishuvdan keyin bekor bo‘lgan cheklovlarni yana qaytadan joriy etish harakatlarini boshladik. Eronga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar 5 noyabrdan yana amalda bo‘ladi», degan amerikaliklar rahbari.
U boshqa davlatlarni «Erondagi rejimni AQSh bilan birgalikda izolyatsiya qilish»ga chaqirgan.
«Biz Eron o‘z agressiv harakatlarini davom ettirgudek bo‘lsa, barcha davlatlarni Eron xalqini qo‘llab-quvvatlagan holda bu davlat hukumatini xalqaro maydonda yakkalantirib qo‘yishga chaqiraman», degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mayida Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqqanini e'lon qilgan hamda buning ortidan Eron bilan munosabatlardagi bir tomonlama sanksiyalar tiklana boshlagandi.
Sanktsiyalarning birinchi bloki Eron avtomobilsozlik sektoriga, shuningek, oltin hamda boshqa metallar savdosiga taalluqli edi va bu sanksiyalar shu yilning avgustidan amalga kirgandi.
Eronga qarshi sanksiyalarning ikkinchi bloki esa energetik soha bo‘yicha bo‘lib, noyabr oyidan Erondan neft import qilmaslik tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024