Sport | 09:38 / 26.09.2018
8282
2 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha jahon chempioni giyohvand ayolni masxara qilgani uchun 100 ming dollarlik jarimaga tortildi

Foto: AFP

Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Billi Jo Sonders giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan ayolni masxara qilgani uchun jarimaga tortildi.

ESPN ma'lumotiga ko‘ra, Britaniya boks kengashi sportchini sportning ushbu turi obro‘siga ziyon yetkazgani uchun 100 ming dollarlik jarimaga tortdi.

29 yoshli Sonders bilan bog‘liq mojaro uning o‘zi tomonidan e'lon qilingan videodan so‘ng boshlandi. Unda u o‘zining qimmatbaho mashinasi oynasidan turib giyohvand moddalarga qaram bo‘lgan ayolga axloqsiz gaplarni aytadi va bir doza narkotik uchun o‘tkinchini do‘pposlashni taklif qiladi.

«Kimni sababsiz xafa qilgan bo‘lsam, barchadan uzr so‘rayman. Menda kechirim so‘rashdan boshqa hech narsa qolmadi», - deya yozgan Sonders tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioni amerikalik Devid Benavides doping testidan o‘tolmagandi

Mavzuga oid