Niderlandiya va Avstraliya MH17 uchun Rossiyani javobgarlikka tortish masalasini muhokama qildi
Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok avstraliyalik hamkasbi Maris Peyn bilan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 reysidagi urib tushirilgan Boeing bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida xabar qilingan.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat vakillari Rossiyani yuz bergan halokat tufayli javobgarlikka tortish masalasi haqida fikr almashishgan.
«Bugungi kunda bizning mamlakatlarimiz Rossiya tomoni bilan diplomatik kanallar orqali aloqada bo‘lib turibdi», - dedi Blok.
U bu masala bo‘yicha muzokaralar yaqin kelajakda boshlanishi kerakligiga e'tibor qaratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq Rossiyani MH17 halokati uchun javobgarlikni tan olishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
07:50
«Ekozashchita!» asoschisi Rossiyadan Germaniyaga uran importini tanqid qildi
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
10:37 / 09.01.2025
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
20:22 / 08.01.2025