Jamiyat | 22:40 / 26.09.2018
16711
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda avtomobilda poygalashgan jiyan tog‘asini urib yubordi

Surxondaryo viloyatining Angor tumani hududida, «Angor-Novshahar» yo‘nalishida avtomobilda poyga uyushtirgan shaxslar yo‘l transport hodisasini sodir etishdi.

Oqibatda yo‘lda avtomobillardan biri ikkinchisini turtib yuboradi va ikkinchi avtomobil yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan shaxsni urib ketadi. Jabrlanuvchi shifoxonada 5 kun yotgach, vafot etdi. Marhum avtomobil poygasi uyushtirgan shaxslardan birining tog‘asi edi.

Tergov jarayonida avtomobil poygasi uyushtirgan shaxslar mast holatda avtomobil boshqargani ma'lum bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tumani sudida aybdorlarga tegishli jazolar tayinlangan.

Mavzuga oid