O‘zbekiston | 17:52 / 26.09.2018
11947
2 daqiqa o‘qiladi

O‘sh shahrida Artel zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Artel 

Joriy yilning 25-sentabr kuni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida Artel yarim avtomat kir yuvish mashinalari zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi zavod ikki davlat orasida bo‘lgan biznes munosabatlarini yangi bosqichga ko‘taradi va yanada mustahkamlaydi. Qirg‘iziston davlatida Artel mahsulotlariga bo‘lgan talab kundan-kunga kuchayib bormoqda. Yangi ochilgan ishlab chiqarish bazasi  mahalliy aholining sifatli va ko‘rkam dizaynga ega bo‘lgan Artel yarim avtomat kir yuvish mashinalariga bo‘lgan ehtiyojini butunlay qondiradi. 

Foto: Artel 
Foto: Artel 
Foto: Artel 

Yangi Artel zavodining tantanali ochilish marosimida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qirg‘iziston Respublikasining investitsiyalarni himoyalash agentligi direktori, O‘sh shahrining hokimi, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi hamda Artel korxonasining xodimlari ishtirok etishdi.

Yangi ochilgan zavod O‘sh shahri aholisini qo‘shimcha ish joylari bilan ta'minlaydi. Hozirda yangi ochilgan zavodda har xil rang va modifikatsiyalarga ega bo‘lgan TG 60 F S i TE 60 LC S turlaridagi yarim avtomat kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati50000-60000 dona yarim avtomat kir yuvish mashinasiga tengdir.

Foto: Artel 
Foto: Artel 

Yangi ishlab chiqarish bazasining barpo etilishi, sifatli va ko‘rkam dizaynga ega bo‘lgan Artel mahsulotlarining eksportini jadallashishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari orasidagi do‘stona munosabatlarni kundan-kunga rivojlanib borayotganining yorqin belgisidir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid