Xorazmda internet trafik o‘g‘risi qo‘lga tushdi
Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida bir necha yillar davomida internet trafik o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.
Fuqarolar tomonidan internet trafiklarining to‘satdan yo‘qolib qolayotgani to‘g‘risida shikoyat tushganidan so‘ng, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar tomonidan olib borilgan tekshiruv-surishtiruv ishlari jarayonida Urganch shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Y.A. kirdikorlari fosh etildi.
Aniqlanishicha, axborot va kompyuter texnologiyasi «ustamoni» 2012 yilning dekabr oyidan 2018 yilning iyun oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida 58 nafar fuqaroning modem va uyali telefonlari maxfiy parollarini buzib, qariyb 13,5 million so‘mlik internet trafikini o‘g‘irlab kelgan.
Bu holat yuzasidan Y.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda, «KUN.UZ» tahririyati internetdan foydalanuvchi hamyurtlarimizga Wi-Fi modemlariga zinhor oddiy parollarni o‘rnatmaslik, ularni iloji boricha murakkab, ya'ni katta-kichik harf va raqamlarning aralashuvidan iborat qilish, shuningdek, internetdan foydalanilmayotgan paytda modemni o‘chirib qo‘yishni tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
21:47 / 02.12.2024
AQSh Xorazmdagi pedofil amaldorlarga sanksiya kiritdi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
20:29 / 22.11.2024