Jahon | 08:51 / 27.09.2018
22934
2 daqiqa o‘qiladi

Kassir qiz bankka ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay u yerdagi pullarni o‘g‘irlab ketdi

Foto: Shutterstock

Kassachi qiz Odessadagi bankka ishga joylashdi va to‘rt kundan keyin undagi mablag‘larni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda UNIAN Odessa oblasti bo‘yicha politsiya boshqarmasiga asosan xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga ko‘ra, qiz e'lon bo‘yicha ishga joylashgan. Shu bilan birga, suhbat chog‘ida u o‘zini boshqa ism bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng qizni amaliyot o‘tashi uchun qabul qilishgan.

«To‘rt kun davomida, asosiy ishchilarning nazorati ostida amaliyotchi qiz ishonchni qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, mustaqil ish kunining o‘zidayoq u 100 ming grivna pulni o‘zlashtirib olgan hamda ish joyidan g‘oyib bo‘lgan», - deya xabar berishdi politsiyadan.

Bu jinoyatni 24 yoshli mahalliy fuqaro sodir etgan bo‘lib chiqdi, u bundan avval ham bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani aniqlandi. Qizning tan olishicha, gadjyetlar sotib olish va qarzlarni to‘lashga pulni sarflab yuborgan.

Endi u olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid