Light | 21:01 / 27.09.2018
7915
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar smartfon va planshetlar ruhiy kasalliklarga olib kelishidan ogohlantirishdi

Foto: Pixabay

CHEO tadqiqot instituti olimlari bolalar va o‘smirlarning elektron gadjyetlardan foydalanishi miya faolligini kamaytirishi va normal rivojlanishga to‘sqinlik qilishini aniqlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. Pirovard natijada, smartfon va planshetlar uyqusizlik, asab va ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.  

Olimlarning ta'kidlashicha, 20 boladan birigina gadjyetdan to‘g‘ri foydalanadi, qolganlari esa o‘z kun tartibini buzgan holda gadjyetlardan foydalanishda suiiste'mollikka yo‘l qo‘yadi. Shifokorlarning tavsiyalarini muntazam inobatga olmaydigan bolalarning sinovdan o‘tkazilishi ularda aqliy qobiliyatlar pasaygani, ahvollarining umumiy yomonlashganini ko‘rsatgan.

Olimlar mobil qurilmalar orqali internet va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketishning og‘ir oqibatlaridan biri sifatida ruhiy kasalliklar ekanini ta'kidlab o‘tishgan. Bunday kasalliklarni davolash jiddiy aralashuvni talab qiladi.

Mavzuga oid