Jahon | 08:20 / 27.09.2018
21435
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko va Trampning bir xil kostyumda paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kulgisiga sabab bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning bir xil kostyumdagi surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi.

Ukraina prezidentining matbuot kotibi Stanislav Tsegolko tvitterda Poroshenko va Trampning ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu bilan birga, prezidentlar bir-biriga juda o‘xshab ketgan: qora pidjaklar, oq ko‘ylaklar va qizil bo‘yinbog‘lar. Tsegolkoning ta'kidlashicha, «hatto dress-kod ham strategik hamkorlarning pozitsiyasini ifodalaydi».

«Aftidan, Pyotr va Tramp bitta do‘kondan kiyim xarid qilishgan», - deya qayd etgan foydalanuvchi Viktor Ostafeychuk.

«Men bitta garderobdan dreff-kod, degan bo‘lardim. Bu ikkisidan qaysi biri eski kiyimda ekanini esa, Trampning yuzidan bilib olish mumkin», - deb yozgan Yuriy Getalov.

Shuningdek, foydalanuvchilar Poroshenkoga AQSh prezidenti bilan surat qanchaga tushgan bo‘lishi mumkinligi borasida taxmin qilishgan. Bundan tashqari, suratga qoldirilgan izohlarda u montajga o‘xshab ketayotgani, uning asl nusxasida esa Tramp Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan birga turgani tasvirlangani haqida fikrlar bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kulgandi

Mavzuga oid