O‘zbekiston | 11:48 / 28.09.2018
16054
1 daqiqa o‘qiladi

Besh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda taqsimlanishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 avgustdagi 6-son bayoni qaroriga bilan davlat grantining minimal o‘tish bali 68,0 ball etib belgilangan.

Mavzuga oid