Jahon | 07:57 / 28.09.2018
5476
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Pyotr Poroshenko va Donald Tusk Azov dengizini muhokama qilishdi

Foto: Eric Vidal/Reuters

Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasida Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Azov dengizi masalasini muhokama qildilar. Bu haqda RIA «Novosti» Yevroittifoq tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, Ukraina yetakchisi avvalroq tvitterdagi o‘z sahifasida Ukraina manfaatlarini Azov dengizida Rossiyadan himoya qilishda «xalqaro sa'y-harakatlarni jadallashtirish zarurligi borasidagi pozitsiya» uchun Tuskka minnatdorlik bildirgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropa ittifoqidagi manba Poroshenkoning bu bayonotini tasdiqlagan.

«Bu haqiqatan ham Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda muhokama qilindi, ammo menda muzokaralarning tafsilotlari yo‘q», - deya aytib o‘tgan manba.

Shu bilan birga, manba Ukraina prezidenti qanday sa'y-harakatlarni nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Azov dengizidagi bazaning vazifalari aytilgandi

Mavzuga oid