Jahon | 15:44 / 28.09.2018
5623
1 daqiqa o‘qiladi

JST rahbari global savdo urushining oqibatlari haqida gapirdi

Foto: Salvatore Di Nolfi/AP

Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Robertu Azevedu global savdo urushiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Keskinlik ortmoqda, kuchayib bormoqda, bugungi kunda belgilab qo‘yilgan yangi tariflar milliardlab dollarlarni qamrab oladi, shuningdek, yangi choralar tayyorlanmoqda. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, biz bu qachon tugashi mumkin ekanini ko‘rmayapmiz. Agar ushbu tendensiya davom etsa, biz barqarorlikka tahdid bilan to‘qnash kelamiz. Shu tariqa, o‘sish va ish o‘rinlarini yaratishga xatarlar ham paydo bo‘ladi», - dedi Azevedu.

Uning ta'kidlashicha, bu dunyoning barcha mintaqalariga ta'sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamshid Xo‘jayev Ostonada JST bosh direktori Robert Azevedu bilan uchrashishi xabar berilgandi. 

Mavzuga oid