Sport | 12:38 / 29.09.2018
13852
2 daqiqa o‘qiladi

Konor Makgregor bemor bolaning davolanishi uchun anonim tarzda 10 ming yevro xayriya qildi

Foto: EPA

Irlandiyalik aralash yo‘nalish bo‘yicha jangchi Konor Makgregor sepsis kasalligi tashxisi qo‘yilgan irlandiyalik besh yoshli Brayan ismli bolakayning davolanishi uchun uning oilasiga 10 ming yevro berdi. Sportchi bu ishni anonim tarzda amalga oshirgan.

Gap shundaki, pul o‘tkazilgan kraudfanding servisida xayriya qilganlar nomi ko‘rsatilmaydi. Ammo birdaniga buncha pul o‘tkazilganligi bolaning onasi Grenni Makkalouni hayratlantirgan. U barcha davolanish xarajatlarini qoplagan  buncha miqdordagi pulni o‘tkazgan saxovatli inson kimligini bilish uchun servisga murojaat qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, 10 ming yevro Konor Makgregor tomonidan o‘tkazilgan.

"Konor, biz sendan bir umr minnatdormiz. O‘g‘lim uchun qilgan bu yaxshiligingni hech qachon unutmayman. Sen haqiqiy afsonasan", deb yozdi Grenni Makkalou o‘z Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktabr kuni Las-Vegasda Makgregor va rossiyalik Habib Nurmagomedov o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid