"Sharq" poyezdlari: Temiryo‘lchilar nimaga e'tibor qaratishlari kerak?
"O‘ztemiryo‘lovchi" AJ sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari ishini yengillashtirish imkonini beruvchi "Sharq" elektr poyezdlari tarkibidagi qo‘shimcha vagonlarni taqdim etdi. Taqdimot turi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" va O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) vakillari "Sharq" poyezdida turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga doir keyingi qadamlarni muhokama qilishdi. XSTU matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning avgustida turoperatorlar "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ rahbariyati bilan uchrashuvda temiryo‘lchilarga ularning faoliyatida yordam berishi mumkin bo‘lgan bir necha taklif kiritishgan edi. Xususan, turistik operatorlar Toshkent va Buxoro o‘rtasida harakatlanuvchi "Sharq" poyezdlari tarkibini yangilash va oshirish imkonini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashgandi.
"Buxoroga boruvchi sayyohlar oqimining oshishi kuzatilmoqda. Xorijiy mehmonlar bu shaharga ko‘proq sayohat qilishmoqda. Biz maktab o‘quvchilari, mehnat jamoalari uchun kasaba uyushmalari xatiga binoan sayohatlar tashkillashtiryapmiz, - deya vaziyatga izoh beradi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi vakili Zulfiya Nurmatova. - Temir yo‘llari - Toshkentdan Buxoroga borishning eng optimal transfer usullaridan biri. Sayohatlarni tashkillashtirish nuqtai nazaridan eng optimal variant "Afrosiyob" poyezdi hisoblanadi, biroq so‘nggi vaqtlarda u haddan ziyod yuklangan va unga chipta xarid qilish juda qiyin. Muqobil variant - "Sharq" poyezdlari yordamga keladi, lekin oxirgi vaqt unga chipta topish ham qiyin bo‘lib qoldi".
Yuzaga kelgan vaziyat yechimlaridan biri "Sharq" poyezdi tarkibidagi vagonlar sonini oshirishdir. Temiryo‘lchilar rejasiga ko‘ra, poyezd umumiy hisobda 240 yo‘lovchini sig‘dira oluvchi 5 vagonga ko‘payishi kerak. Har birida 48 tadan o‘rin bo‘lgan to‘rt vagon poyezd tarkibida harakatlanmoqda. Bu vagonlar o‘tirish joylari bo‘lgan 6 o‘rinli kupedan iborat. Yaqin orada poyezd tarkibiga 36 o‘rinli yana bir vagon qo‘shiladi. U biznes-toifadagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
"Sharq" poyezdi tarkibida harakatlanuvchi yangilangan vagonlarning ilk yo‘lovchilari orasida taqdimot turi ishtirokchilari - "O‘zbekiston temir yo‘llari"ning yetakchi xodimlari, XSTU hamda chipta sotuvchi kassalar, shuningdek OAV vakillari ham bor edi. Safar davomida XSTU va "O‘zbekiston temir yo‘llari" vakillari "Sharq" poyezdida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qilishdi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, temiryo‘lchilar bildirilgan barcha takliflarni inobatga olishga va'da berishdi.
Mavzuga oid
16:15 / 19.12.2024
Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi
10:22 / 19.12.2024
Murmansk oblastida ikki poyezd to‘qnashib ketdi
10:26 / 16.12.2024
Toshkent viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd Damas’ni urib yubordi
10:00 / 16.12.2024