O‘zbekiston | 18:33 / 05.10.2018
17742
2 daqiqa o‘qiladi

Sudlanganlikka oid ma'lumotlarni olish osonlashdi

Foto: Fotolia

Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi kanalida yozilishicha, qaror bilan quyidagi davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi:

• Sudlanganlik haqida ma'lumotnoma berish bo‘yicha;

• Manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha.

Ma'muriy reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar quyidagi ma'lumotlarni olish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar:

• muqaddam sudlanganligi;

• jinoiy javobgarlikka tortilganligi;

• reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma'lumotnoma;

• manzil-ma'lumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdek, ma'lumot mavjud emasligi).

Mazkur xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Sudlanganlik haqida ma'lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish esa quyidagi bosqichlardan iborat:

Mavzuga oid