Jahon | 14:27 / 05.10.2018
22181
2 daqiqa o‘qiladi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti jarroh va huquq himoyachisiga berildi

2018 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti jarroh Deni Mukvega va huquq himoyachisi Nada Murodga berildi. Bu haqda Norvegiya nobel qo‘mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, jarroh Deni Mukvega va huquq himoyachisi Nada Murodga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti "ularning jinsiy zo‘ravonlikdan urush va qurolli mojarolar quroli sifatida foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha sa'y-harakatlari uchun" berildi. 

Deni Mukve
Foto: Emmanuel Dunand/AFP 
Nada Murod
Foto: EPA-EFE/PATRICK SEEGER

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Time jurnali 2018 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Donald Tramp, Kim Chen In, Mun Chje In, Karles Puchdemon, Rim papasi va Raif Badaviylardan biriga berilishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilingandi.

Mavzuga oid