Iqtisodiyot | 10:51 / 06.10.2018
19925
4 daqiqa o‘qiladi

AMILOV qandolat fabrikasi: zamonaviy uskunalar, keng assortiment hamda yuzlab yangi ish o‘rinlari

2017 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini keng ko‘lamli islohotlar va jadal rivojlantirish bo‘yicha chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning yozida «Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sanoat kompleksini tashkil qilish bo‘yicha» investitsion loyihalardan biri muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Ushbu loyiha AMILOV qandolat fabrikasidir.

Fabrikaning umumiy maydoni 20 gektar bo‘lib, ishlab chiqarish uchun ajratilgan maydon 35 000 m2 tashkil qiladi. Texnologik liniyalar montaji hamda mahsulotlarning laboratoriya sinovlari Mossa Engineering (Rossiya) kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Fabrika jahon standartlari va normalaridan kelib chiqib loyihalashtirilgan. Qandolat fabrikasining qurilish ishlari bilan ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan Discover invest kompaniyasi shug‘ullandi.

Bugungi kunga kelib, fabrika keng assortimentli mahsulotlarni taklif qilmoqda: pechene, vafli, marmelad, marshmellou, karamel va konfetlarning boshqa turlari, shuningdek shokolad mahsulotlari, sutli hamda qora shokolad, turli nachinkali plitkalar.

Hozirda fabrikada un hamda shakarli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun, shuningdek, marmelad, karamellarning turli xillari uchun mo‘ljallangan zamonaviy avtomatlashtirilgan liniyalar ishlab turibdi. Texnologik liniyalar faoliyati 2018 yilning yozida boshlangan.

Fabrika zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lib, uskunalar Yevropaning yetakchi kompaniyalari tomonidan yetkazib berilgan. Xususan:

- Hebenstreit (Germaniya) – turli vaflilar ishlab chiqarish uchun;

- TFT (Germaniya) – aerolashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun;

- Winkler und Dunnebier Suesswarenmaschinen GmbH (Germaniya) - shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun;

- Sollich (Germaniya) – qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun;

- Chocotech (Germaniya) – FROZENSHELL shokoladli konfetlar ishlab chiqarish uchun;

- Hansel Proccesing (Germaniya) – nachinkali va nachinkasiz karamellarni ishlab chiqarish uchun;

- Aasted (Daniya) – texnologik qiyin bo‘lgan konfetlarni ishlab chiqarish uchun;

- Buhler (Shveytsariya) – Shveytsariya texnologiyasi bo‘yicha shokoladli massalar tayyorlash uchun;

- HAAS (Avstriya) – vafleli krekerlar ishlab chiqarish uchun;

- Polin (Italiya) – pechene ishlab chiqarish uchun.

Qandolat fabrikasi o‘z mahsulotlarini yorliqlarga solish uchun Yevropaning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomatlashtirilgan liniyalaridan foydalanadi. Ular – Cavanna (Italiya), Theegartenpactec (Germaniya), Bosch (Gollandiya), Loesch Pack (Germaniya). Mazkur uskunalarning asosiy yutug‘i shundaki, ular yorliqlash tizimini oldindan loyihalashtiradi, turli formadagi mahsulotlarni Yevropa talab standartlari asosida yorliqlab bera oladi.

Fabrika foydalanadigan barcha uskunalar ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi. Loyihaning muvaffaqiyatli tashkil etilgani esa, yosh hamda shijoatli mutaxassislarni yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlashga imkon yaratdi. Bugungi kunga kelib 650 dan ortiq mutaxassis ish bilan ta'minlandi.

Fabrika rahbariyatining ishonch bildirishicha, mazkur ishlab chiqarish quvvati O‘zbekiston iqtisodiyotining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib, byudjyetga tushumlarni oshirib, O‘zbekiston bozorini sifatli va keng ko‘lamli qandolat mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid