O‘zbekiston | 18:33 / 06.10.2018
10475
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mutaxassis O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi muammolarni yechish yo‘lini aytdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston-Rossiya media-forumining “Zamonaviy OAVda multimedia” mavzusiga bag‘ishlangan sho‘'ba yig‘ilishida chiqish qilgan Rossiyaning “SPB TV” kompaniyasi bosh direktori Kirill Filippov O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida mavjud muammolarning yechimiga to‘xtaldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda internet tezligi va sifatini oshirib, shuningdek, media mahsulotlarning “qaroqchilik“ yo‘llari bilan tarqatilish holatlarini bartaraf etish orqali mahalliy telekommunikatsiya bozorini rivojlantirish mumkin. 

“Bizning kompaniya telekommunikatsiya sohasida Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Biz O‘zbekistonga yangi loyihalar va xizmatlarimizni taklif etmoqdamiz”, dedi Kirill Filippov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida. 

Mavzuga oid