Jurnalistlar sudlardan axborot olishni osonlashtirish taklifini berishdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Huquqiy jurnalistika kengashining «Ommaviy axborot vositalarida sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari va jurnalistning aybsizlik prezumptsiyasiga amal qilish majburiyati» mavzuida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda sud hokimiyati bilan OAV o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yanada yaxshilash, yangi bosqichga ko‘tarish uchun qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘lmoqda. Ya'ni, matbuotda e'lon qilingan sud faoliyatiga oid materiallarni tahlil etib borish, bu tahlillar asosida sud va OAV xodimlari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning sud hokimiyati bilan OAV munosabatlariga doir tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbatida jurnalistlar tomonidan sudlardan axborot olish biroz qiyinligi ta'kidlandi. Jurnalistlar sudlardan axborot olishni osonlashtirish taklifini berishdi.
Shuningdek, yig‘ilishda bundan keyin sud hokimiyati bilan jurnalistlarning o‘zaro uchrashuvini muntazam yo‘lga qo‘yish, matbuotda chop etilgan sud faoliyatiga doir materiallar tahliliga bag‘ishlangan davra suhbatlari, brifing, konferensiya va tadbirlar tashkil etish masalalari o‘rtaga tashlandi va atroflicha muhokama etildi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024