Markaziy Osiyo: OAVda ekologiya va suv mavzusiga tobora ko‘proq e'tibor qaratilmoqda
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonda suv mavzusi va u bilan bog‘liq muammolarga tobora ko‘proq e'tibor qaratilmoqda. KUN.UZ muxbiri atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanishga doir Markaziy Osiyo Yetakchilik dasturi (MOYeD) doirasida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
MOYeDda O‘zbekistonning Suv masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish Milliy loyihasi (UzWaterAware)ga UzWaterAware menejyeri va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) suv tashabbuslari dasturi mutaxassisi Jusipbek Kazbekov boshchilik qildi.
Foydali tavsiyalar formatida o‘tgan UzWaterAware loyihasi taqdimotini loyiha PR-eksperti Rezida Erdman olib bordi va u Yetakchilik dasturi ishtirokchilarini juda qiziqtirib qoldi. Taqdimot loyihaning ramziy qahramonlari - Hasan (suvni e'zozlovchi) va Husan (suv qadriga yetish haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan)ning illyustratsiyalari orqali yetkazildi.
Erdmanning ta'kidlashicha, biz kuchli axborot shovqini, yangiliklar oqimi davrida yashaymiz va shu bois ekologlar yuzlab boshqa hodisalar orasida ajralib turish hamda o‘z loyihalariga e'tibor jalb qilish uchun auditoriya bilan bog‘lanishning zarur nuqtalarini topishlari muhim.
"Bizning maqsadimiz - ommaviy axborot vositalari orqali odamlarning suv muammolaridan xabardorligini oshirish. Masalan, suv bilan bog‘liq muammolar kuzatilmaydigan shaharlarda hamma ham uning qadriga yetavermaydi. Shu bois biz suvdan oqilona foydalanishga e'tibor qaratishga harakat qilamiz. Qishloq joylarda esa aynan suvni to‘g‘ri taqsimlashga diqqatni qaratish muhim, zero bu hududlarda suv bilan bog‘liq muammolar mavjud va odamlar buni yaxshi bilishadi", - deydi Rezida Erdman.
U o‘z taqdimotida ekologik muammolarni hal qilishda OAVning roliga urg‘u berdi. Jumladan, Erdman KUN.UZ jamoasining suv muammolari, xususan Andijondagi ichimlik suvi isrof qilinayotgani bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan maqolasini misol sifatida keltirdi.
Jurnalistlar muammoni olib chiqqanidan keyin u tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olinib, darhol bartaraf etilganiga diqqatni qaratdi.
Bunday noan'anaviy yondashuvdan keyin ishtirokchilar Rezida Erdmandan o‘z mamlakatlarida mavjud muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha maslahat so‘rab murojaat qilishdi.
UzWaterAware loyihasi PR-eksperti o‘z so‘zi oxirida ekologik tashkilotlar rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘lsagina, har qanday loyihani yoritishga imkon bo‘lishini ta'kidladi. Shu o‘rinda u MOMEM va Yevroittifoqqa jamoa g‘oyasini qo‘llaganlik hamda suvni e'zozlash mavzusini OAV va aholi orasida targ‘ib qilishda yordam berayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ta'kidlash joizki, UzWaterAware loyihasi mualliflari Olmaotadagi taqdimotdan keyin KUN.UZ tahririyatiga tashrif buyurib, "Dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirayotganingiz uchun tashakkur", deya minnatdorchilik bildirib, jamoa a'zolariga UzWaterAware eksklyuziv futbolkalari va eko-xaltalarini sovg‘a qilishdi.
Ma'lumot uchun: UzWaterAware - Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi O‘zbekiston filialining milliy loyihasi, u Yevropa Ittifoqi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshiriladi. Loyihaning milliy hamkori - O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024