O‘zbekiston fuqarolari Jambuldagi fermalardan birida qullik iskanjasiga tushganini aytib berishdi
Qozog‘istonning Jambul oblastida mahalliy fermerlardan biri tomonidan qul qilib ishlatilayotganidan shikoyat qilgan o‘zbekistonlik oilaning o‘zi qonundan tashqarida deya e'tirof etildi, deb yozmoqda ktk.kz.
Er-xotinning so‘zlariga ko‘ra, ular yarim yil mobaynida tekinga, fermada kaltaklanib ishlatilgan. Bunday zulmga chiday olmasdan, er va xotin bu ko‘rgulikni sut sotuvchiga so‘zlab berishgan. U esa jurnalistlar huzuriga yo‘l olgan.
Tuymekent qishlog‘idagi oddiy sut sotuvchi e'tibor qilmaganida bu voqeadan barcha bexabar qolardi. U mahalliy fermer ayolning qo‘lida o‘zbekistonlik er-xotin quldek ishlayotilayotganini jar soladi. Er-xotin Sharipovlar ham buni tasdiqlaydi: ular yarim yildan buyon mollarni tekin boqib, sog‘ib kelishgan. Ular bir necha bor qochishga urinishgan, biroq barchasi samarasiz yakunlangan.
Rasuljon Sharipov:
— Xotinim ikkimizni kaltaklashdi. 25 avgust kuni kaltak bilan urishdi. Barchasiga bizning qochib ketganimiz tufayli go‘yoki mollardan ayrimlari yo‘qolgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Sharipovlar bu yerda avval ham ishlashgan. Biroq hammasi qonuniy bo‘lgan. Bu yil esa ferma egalari vahshiylashib ketgan. Ularning hujjatlarini olib qo‘yishgan, maosh o‘rniga — kaltaklash, uylariga — farzandlariga qo‘ng‘iroq qilishga ham qo‘yishmagan.
Rasuljon Sharipov:
— Mening voyaga yetmagan ikki farzandim bor, kattasi 15 yoshda. Qariya onam ham bor. Ularning ahvoli nima kechayotganini bilmayman. Men hattoki nima qilishimni ham bilmayman. Hech kim bizga yordam beray demaydi.
O‘zlarining qullar kabi ahvolidan gapirishga Sharipovlar oilasi darhol jazm qilishmagan. Aytishlaricha, hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishidan umid qilishgan. Lekin ahvol shu darajaga borib yetganki, er-xotin qochib ketolmasligi uchun ayolni uydan chiqarmay qo‘yishgan. Bunday hayotdan charchagan erksizlar mahalliy sut sotuvchiga arz qilishgan, u esa bularning dardini jurnalistlarga yetkazishgan. Alal-oqibatda fermani politsiyachilar bosdi:
— Bu yoqqa keling, ismingiz nima?
— Pasportni qayerdan topib beraman sizga? Uyda hech kim yo‘q deb tushuntirdim-ku? Ularning barchasi to‘yga ketishgan, hech kim yo‘q.
Alal-oqibatda O‘zbekiston fuqarolarining hujjatini shu joyda axtarishga hech kim jazm etmadi. Politsiyachilar er-xotinni bo‘linmaga olib ketishdi. Keyinchalik er-xotin o‘z shikoyatlaridan tongani ma'lum qilindi: go‘yoki ularni hech kim tutqunlikda saqlamagan va maoshlarini ham o‘z vaqtida to‘lab borishgan. Ekspertiza kaltaklanish asoratlarini ham topa olmagan.
Jambul oblasti ichki ishlar departamentining matbuot kotibi Gulsara Muxtarqulova shunday deydi:
— O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza ularda hech qanday tana jarohatlari izini topa olmadi. Bundan tashqari, ularning yonida hech qanday hujjat yo‘qligi aniqlandi va ular bizning mamlakatimizda ishlash huquqiga ega emas ekan. O‘zini qullar deb atagan oilaviy juftlik shunchaki noqonuniy ishlayotgan fuqarolar bo‘lib chiqdi. Er-xotin migratsiya nazoratini buzganligi uchun 30 sutka qamoqqa olindi. Shundan so‘ng ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Fermaning xo‘jayini ham javob beradi. Faqat xorijiy ishchilarni qonunga xilof ravishda ishga jalb qilgani uchun. Jarima miqdorini sud belgilaydi.
Mavzuga oid
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
15:43 / 13.05.2024
Chet elda terroristik tashkilotlarga kirib qolgan fuqarolarni vatanga qaytarishning huquqiy asoslari. O‘zbekiston dunyoga namuna bo‘la oladimi?
19:30 / 23.04.2019