Davlatlar o‘rtasida yangi temir to‘siqlar barpo etilmoqda – Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada dunyo va an'anaviy dinlar yetakchilarining VI qurultoyini ochdi. Nazarboyev Ostonada avvalgi qurultoylarda qabul qilingan qarorlar katta ta'sirga ega bo‘lganini aytgan.
“Bu muhim, chunki dunyo, afsuski, turbulent holatga kirdi. Barchamizni, siyosatchi va diniy arboblarni, sanksiyaviy qarama-qarshiliklar, dinlararo, dinlar ichidagi ziddiyatlar, savdo urushlari, atrof-muhitning ifloslanishi tashvishlantirmasligi mumkin emas. Madaniyatlararo ixtiloflar hozirgi ilmiy-texnologik taraqqiyot fonida bema'ni ko‘rinadi. Biroq insoniyatning kelajagi ko‘rinishi, biz umumiy sayyoramizni bo‘lg‘usi avlodlarga qanday ko‘rinishda topshira olishimiz hozir shakllanmoqda. Biz 3-mingyillikda 18 yil yashayotganimizga qaramay, tinchlik, farovonlik va to‘qchilik insoniyatni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari bo‘la olmadi. Dunyo hamjamiyati o‘zaro ishonchsizlik, adovat va ixtilofga borishning mudhish doirasidan chiqa olmadi. Biz davlatlar va siyosiy bloklar o‘rtasidagi vaziyat nafaqat to‘g‘irlangani, balki yomonlashganini, yangi devorlar, temir to‘siqlar barpo etilayotganini ko‘rmoqdamiz”, deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.
Nazarboyev o‘z nutqida Qozog‘iston an'anaviy tarzda davlatlar o‘rtasidagi ishonchni tiklash, mustahkamlash ustida ishlayotganini qayd qilib o‘tgan.
Joriy yilda qurultoy “Diniy yetakchilar xavfsiz dunyo uchun” mavzusida o‘tmoqda. Ikki kun davomida forum ishtirokchilari dinning zamonaviy dunyodagi roli, barcha dinlarning asosiy ma'naviy qadriyatlarini muhokama qilishadi. Qurultoy o‘tkazilishi munosabati bilan Ostonaga eng yirik konfessiyalar va dinlar yetakchilari tashrif buyurishgan.
Xalqaro forumni o‘tkazish g‘oyasi Nursulton Nazarboyevga tegishli bo‘lib, 15 yil avval, 2003 yilda Ostonada dunyo va an'anaviy dinlar yetakchilarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tgan. O‘shandan beri forum har uch yilda bir marta Ostonada o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
17:31 / 28.11.2024
Prezidentga ijtimoiy va diniy sohalardagi ishlar bo‘yicha axborot berildi
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024