Qozog‘iston davlat qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘z lavozimidan ozod etildi
Qanat Orazqulov boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan davlat qo‘riqlash xizmati boshlig‘i lavozimidan bo‘shatildi.
Endi Qozog‘iston davlat qo‘riqlash xizmati boshlig‘i vazifalarini Azimxon Jusipov bajaradi.
Orazkulov xizmatga 2018 yil 23 mayda boshliq etib tayinlangan. Bungacha u prezident ishlari boshqaruvchisi o‘rinbosari, prezident qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Davlat qo‘riqlash xizmati Qozog‘iston prezidenti, qo‘riqlanuvchi shaxslar shaxsiy xavfsizligini ta'minlash; Qozog‘iston prezidenti, boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslar hayoti, salomatligi, huquqi, erkinligi, sha'ni va mulkiga qaratilgan qoidabuzaliklarni aniqlash va oldini olish; qo‘riqlanuvchi obektlar hamda qo‘riqlanuvchi shaxslar boruvchi boshqa joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
16:55
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
23:10 / 23.12.2024