Fan-texnika | 07:12 / 11.10.2018
3332
2 daqiqa o‘qiladi

Viber jo‘natilgan xabarlarni tahrir qilish fukntsiyasini taqdim qildi

Foto: REUTERS

Viber messenjeri o‘z foydalanuvchilariga jo‘natib bo‘lingan xabarlarni tahrir qilish imkoniyatini taqdim qildi. Bu haqda messenjer saytida aytilgan.

Xabarni to‘g‘rilash uchun foydalanuvchi uning ustiga bosishi va paydo bo‘lgan menyuda “Tahrir qilish” bandini tanlashi kerak. Suhbatdosh uchun to‘g‘rilangan xabar “Tahrir qilingan” deb belgilab qo‘yiladi. 

Ayni vaqtda funksiya Android foydalanuvchilari uchun dasturning yangilangan versiyasida mavjud, biroq dasturchilar bu funksiyani tez orada iOS operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalarga ham tatbiq qilishga va'da berishgan.

Mavzuga oid