Sport | 15:40 / 13.10.2018
7944
2 daqiqa o‘qiladi

Anri – rasman «Monako» bosh murabbiyi

Foto: AS Monaco

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi, hozirga qadar Belgiya terma jamoasinining yordamchi murabbiyi sifatida ishlab kelgan Terri Anri «Monako» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.

41 yoshli mutaxassis bilan bitim 2021 yil iyuniga qadar amalda bo‘ladi.

«Avvalo, «Monako»ga men uchun alohida ahamiyatga ega klubda murabbiy bo‘lish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. «Monako»ga qaytganimdan juda xursandman. Yangi faoliyatimga kirishishni, o‘yinchilar bilan tanishib, ular bilan birga ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», - deya aytib o‘tgan Anri.

Ma'lumot uchun, Fransiya termasining eng yaxshi to‘purari professional futbolchilik faoliyatini aynan «Monako»da boshlagan. U 1992 yilda ushbu klubning yoshlar jamoasiga qo‘shilgan bo‘lib, ikki yildan so‘ng asosiy tarkibga o‘tgan va 1999 yilda «Yuventus»ga o‘tgunga qadar bir marta Fransiya chempioni bo‘lishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktabr kuni – 10 ta o‘yinga cho‘zilgan g‘alabasiz seriyadan so‘ng – «Monako» 4 yildan buyon jamoaga ustozlik qilib kelgan Leonardo Jardim iste'fosini ma'lum qilgan edi.

Avvalroq Jardimga iste'fo uchun qancha tovon puli to‘lanishi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid