Jahon | 12:53 / 13.10.2018
7751
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda KXShT mashqlarining yakuniy bosqichi boshlandi

Foto: Pavel Lisitsyn/RIA «Novosti»

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga a'zo davlatlarning «O‘zaro hamkorlik-2018» mashqlari so‘nggi bosqichi Qirg‘izistondagi «Edelveys» poligonida boshlandi, deya xabar beradi RIA Novosti RF Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lumotiga tayangan holda.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, mashqlar doirasida Rossiyaning Tu-22MZ tovushdan tez harakatlanuvchi raketa tashuvchi-bombardimonchisi «jangarilar» bazalari va noqonuniy qurolli tuzilmalarning uchta kolonnasini aniqladi, aviatsiya zarbasi oqibatida shartli dushman yo‘q qilindi.

Rossiyaning Tu-95MS rusumli strategik raketa tashuvchisi poligon uzra parvoz qilgan, unga Qozog‘istondan Su-30SM ko‘p funksional qiruvchilari juftligi hamrohlik qilgan. «Timsohlar» - Mi-24 vertolyotlari - havo karuselini ko‘rsatdi.

Ta'kidlanishicha, mashqlarda «Iskander-M» raschyotlari, «Su-25» hujumkor samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari ham ishtirok etgan.

10-13 oktabr kunlari Qirg‘izistonning «Edelveys» poligonida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston ishtirokidagi «O‘zaro hamkorlik-2018» mashqlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid