Jahon | 19:46 / 15.10.2018
40987
2 daqiqa o‘qiladi

Uchinchi jahon urushi AQSh sababli koinotda boshlanishi mumkin – olimlar

Amerikalik astrofizik Nil Degrass Taysonning aytishicha, hozirda orbitada bo‘lgan 1700 obektning yarmidan ko‘prog‘i AQShga tegishli bo‘lib, ulardan birortasining tasodifiy shikastlanishi ham o‘zaro yadroviy zarbalar berilishiga olib kelishi mumkin. Olimning fikricha, yadroviy urush bevosita va bilvosita shakl olishi mumkin. Birinchi holatda obektlarning jismonan yo‘q qilinishi yuz bersa, ikkinchisida sun'iy yo‘ldoshlarni boshqarish elektron tizimiga kiberhujumlar sodir etilishi mumkin.

Olimning tushuntirishcha, AQSh sun'iy yo‘ldoshlarining beshdan bir qismi harbiylarga tegishli bo‘lib, AQSh armiyasi oyog‘i yetgan dunyoning istalgan hududida qo‘shinlarni samarali boshqarish uchun javob beradi. Astrofizikning ta'kidlashicha, 1-2 ta sun'iy yo‘ldoshning ishdan chiqishi oddiy amerikaliklarning hayotiga ta'sir qilmasligi, biroq katta miqdorda yo‘q qilinishi AQShni “tosh asri”ga qaytarishi mumkin – bunda telefonlar, bankomatlar, internet va navigatsiya ishlamay qo‘yadi.

Olimlarning ta'kidlashicha, AQShda koinot kuchlarining yaratilishi koinot qurilmalari bilan ishlashni bir necha marta soddalashtirishi mumkin, biroq koinotda to‘satdan urush boshlanishi va Yerdagi to‘qnashuvlarga aylanib ketishi xavfi hamon saqlanib qolmoqda.

Mavzuga oid