Light | 12:37 / 16.10.2018
57762
7 daqiqa o‘qiladi

Inson tanasining mo‘'jizakorligi haqida isbotlangan ma'lumotlar

Ushbu maqolada inson tanasidagi a'zolarning ajoyib xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Ularni o‘qib, chindan ham inson hali o‘zini to‘liq o‘rgana olmagani anglab yetiladi. Maqola O‘MI Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Ko‘zlar. Bizning ko‘zlarimiz hech qachon burgutniki singari o‘tkirroq bo‘lolmaydi. Biroq insonning ko‘zlari shu qadar sezgirki, agar Yer butunlay tekis bo‘lsa, bizdan 48 kilometr uzoqlikdagi yonib turgan chiroqni ko‘rishimiz mumkin.

Kindik. Kindigimizda butun bir ekotizim mavjud. Biz ularni ko‘ra olmaymiz, ammo inson tanasida bakteriyalar kabi trillionlab kichik organizmlar bor. Aniqroq aytganda, odamning kindigida ko‘plab bakteriyalar mavjud, ular shu qadar ko‘pki, tropik o‘rmon hajmidagi ekotizimni tashkil qilishi mumkin.

Teri. Terimizning o‘sishi hech qachon to‘xtamaydi. Har soniyada 25 million yangi hujayralar ishlab chiqarishimizni hisobga oladigan bo‘lsak, bizning terimiz doim yangilanib turadi. Odamlar umri davomida 18 kilogramgacha terini yo‘qotishadi.

Tuk. Tabiatda mutlaqo tuksiz odam yo‘q. Har bir insonning, shu jumladan, ayollar tanasining ham har bir kvadrat santimetri tuk bilan qoplangan. Ammo u tuklar juda qisqa, yengil va nozik bo‘lgani uchun ularning aksariyatini oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.

O‘pka. Bizning o‘pkamizda 1609 km uzunlikdagi kapillyar (mayda qon tomirlari) mavjud. Agar o‘pkamizdagi 300 000 000 kapillyar boshidan oxirigacha cho‘zilsa, AQShning Sietl shahridan San-Diyego shahrigacha yoki taxminan 1609 km chiziq bo‘ylab cho‘zilishi mumkin.

Hujayralar. Bizning hujayralar hech qachon shakllanishdan to‘xtamaydi. Hujayralar tananing qurilish bloklaridir. Har soniyada inson tanasi 25 million yangi hujayra ishlab chiqaradi. Taqqoslash uchun, tanamiz har 13 soniyada Qo‘shma Shtatlar aholisi sonidan ko‘proq hujayra ishlab chiqaradi.

Asab impulslari. Asab impulslarimiz soatiga 402 kilometr tezlikda harakat qiladi. Aslida, inson biror narsaga tegsa yoki tanasiga igna bilan sanchilsa og‘riq hissini darhol sezadi. Yuqori darajada rivojlangan asab tizimimiz tufayli biz uzoq turishimiz kerak bo‘lgan narsalarga millisoniyadan kamroq vaqtda javob berishimiz mumkin. Asab impulslari shunchalik tezki, tashqi ta'sirlardan keladigan signallar miyaga soatiga o‘rtacha 402 kilometr tezlikda keladi.

Insondagi sezgi. Bizda beshtadan ortiq sezgi bor. Odamlar beshta sezgiga ega. Shuningdek, muvozanat, harorat, og‘riq va vaqt kabi 10 ta muhim his-tuyg‘ular mavjud. Bundan tashqari, yana baqirish, tashnalik va to‘liqlik (to‘kislik) hislari ham bor.

Porlaymiz. Biz qorong‘uda nur taratamiz. Dengiz jonivorlari singari, odamlar ham tabiiy ravishda biolyuminessentdir. Biolyuminestsensiya – yunoncha so‘z bo‘lib, “tirik organizmlarning kuchsiz nur hosil qilish xususiyati” degan ma'noni ifoda qiladi. Biroq biz chiqaradigan nur juda zaifdir. Shu sababli ko‘zimiz uni ajratib ololmaydi.

Ko‘z yoshi. Ko‘z yoshlarimiz his-tuyg‘ularimizni sezadi. Odamlar nima sababdan yig‘layotganlariga qarab tuzilishi turlicha bo‘lgan ko‘z yoshlarini ishlab chiqaradilar. Qayg‘u, aybdorlik yoki baxt kabi his-tuyg‘ular ko‘z yoshlarning molekulyar tuzilishida keskin o‘zgarishlarga olib keladi. Ko‘z yoshlari, xuddi qor parchalari kabi, molekulyar tuzilishi jihatidan biri ikkinchisiga o‘xshamaydi.

Inson miyasi. Bizning miyamiz, asosan, suvdan iborat. Miyamizda oz miqdorda go‘sht va to‘qima mavjud. Qolgan 80 foizi suvdan iborat.

DNK (Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasini bajaradi). Inson DNKsi juda aniq bo‘lib, kichik o‘zgarish ham sizni butunlay yangi qiyofaga aylantirishi mumkin.

Aksa urish. Bizning aksa urishimiz shamoldan ham kuchli. Insonning aksa urishi amaliy funksiyaga ega. Bu jarayon burun bo‘shlig‘i va tomoqni har qanday to‘siqdan tozalaydi. Aksirish kuchi shunchalik kattaki, u soatiga 160 kilometr tezlikdan oshadi. 

Miya. Miyamiz og‘riqni sezmaydi. Miya tananing boshqa qismlaridagi og‘riq hissini sezishi va uni qayta ishlashi mumkin. Ammo miyaning o‘zi og‘riqni his qila olmaydi. Sizning qo‘llaringiz, oyoqlaringiz va tanangizning boshqa qismlarida mavjud bo‘lgan og‘riq sezgisi miyada yo‘q.

Inson bo‘yi. Bizning tanamizda har kuni o‘zgarish va o‘sish to‘xtamaydi. Inson tana a'zolari, bo‘yi tuni bilan o‘sadi. Odamlar kechqurunga nisbatan ertalab 1 santimetr balandroq bo‘lishadi. Kun davomida umurtqa diskida qisqarish boshlanadi va kechga borib tanamiz qisqaradi.

Atomlar. Koinotdagi yulduzlar soniga qaraganda inson tanasida ko‘proq atom mavjud. Barcha moddalar molekulalardan tashkil topgan va molekulalar atomlardan iborat. Katta yoshdagi kishilar 7 oktillion atomdan iborat. 7 oktillion – 7 sonidan keyin 27 ta nol (7 000 000 000 000 000 000 000 000 000) bo‘ladi deganidir. Bu esa koinotdagi yulduzlar sonidan ikki barobar ko‘pdir.

Suyaklar. Suyaklarimiz granit kabi qattiqdir. Biz suyaklarni zaif deb o‘ylaymiz. Biroq suyaklar granit kabi qattiq, kuchlidir. Misol uchun, gugurt qutisi kattaligidagi suyak qismi 8 tonna og‘irlikni ko‘tarib turishi mumkin.

Yurak. Inson yuragi tanamizdagi boshqa muskulli a'zolardan kuchliroqdir. Insonning yuragi kuniga 24 soat va haftasiga 7 kun davomida tanamizdagi tomirlar orqali qonni tinimsiz ravishda o‘tkazib turishi uchun kuchli bo‘lishi kerak. Yurak muskullari shu qadar kuchliki, u qonni 9 metr uzoqlikka otadigan darajada bosim hosil qilishi mumkin.

Mavzuga oid