Ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Mening taklifim barcha byudjyet va nodavlat tashkilotlarni to‘liq 5 ish kunidan iborat ish haftasiga o‘tkazishdan iborat”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, bu amaliyot rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng qo‘llanilib, o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy samarasini amalda isbotlagan. Ushbu tizimning afzalliklari:
- ishchilarda qo‘shimcha dam olish kunining paydo bo‘lishi, ularda dam olishga nisbatan ehtiyojni oshiradi va bu albatta, ichki turizmning rivoji uchun muhim hisoblanadi;
- ishchilarda ishga nisbatan ishtiyoqning oshishi. Olimlarning ta'kidlashicha, 5 kunlik ish kuni ishchilarda qo‘shimcha g‘ayrat paydo qilar ekan. Ular haftaning birinchi ish kunini barcha uy tashvishlaridan xoli, muammolarsiz boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi;
- turmush farovonligining oshishi. Ikki kunlik dam olish ishchi xodimlarda oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratib, ularda oilasi bilan dam olish, sayohatlarga chiqish va bola tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanish, uy yumushlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi va bu o‘z navbatida, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning mustahkam bo‘lishiga qulay imkoniyat yaratadi;
- byudjyet tashkilotlari uchun xarajatlarni iqtisod qilish imkoniyati. Turli xil kommunal xarajatlar o‘rtacha 15-20% ga qisqaradi. Xodimlar ham qisqartirilgan kunlar hisobiga yo‘l va ovqatlanish xarajatlaridan iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Shu sababdan respublikamizdagi barcha korxona-tashkilotlarda 5 kunlik ish kunining tashkil qilishni va uning qat'iy ta'minlanishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
20:40 / 08.12.2024
Yaponiya demografik inqirozga qarshi to‘rt kunlik ish haftasini joriy qilmoqda
20:21 / 04.11.2024
Britaniyada minglab xodimlar to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha eksperimentga qo‘shildi
22:10 / 26.10.2024
Islandiyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy etildi
18:12 / 24.10.2024