Light | 01:58 / 17.10.2018
65394
2 daqiqa o‘qiladi

Ozish uchun eng yaxshi beshta ichimlik

Foto: Global Look Press/chromorange/Bilderbox

Mutaxassislar vaznni jismoniy yuklamalarsiz kamaytirishga yordam beruvchi, tanadagi yog‘larni erituvchi ichimliklar reytingini tuzishdi. Ushbu ro‘yxat Daily Star nashri tomonidan chop etildi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasidan ko‘k choy joy olgan. U metabolizm – organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirishga va buning natijasida yog‘larni eritishga imkon beruvchi flavonidlar va kofeinga boy. Mutaxassislarning aytishicha, ozish uchun ko‘k choydan har kuni 2-3 chashka ichish lozim.

2-o‘ringa tomat sharbati qo‘yilgan. Ushbu ichimlikdan kuniga bir stakandan iste'mol qilish uni iste'mol qilmaganlarga nisbatan bel qismida 50 foizdan ko‘proq yog‘dan forig‘ bo‘lishga olib keladi. Bundan tashqari, tomat sharbati organizmdagi xolesterin darajasini kamaytiradi.

3-o‘rin olma sirkasiga berilgan. U moddalar almashinuvini faollashtiradi va to‘plangan yog‘dan energiya manbai sifatida foydalanadi. Vazn tashlash uchun undan kuniga 2-3 osh qoshiq suvga aralashtirib ichish kifoya qiladi.

Ro‘yxatning 4-o‘rnini zanjabil egallagan. Bu modda to‘qlik hissini ko‘proq his qilishga imkon beradi. Bir stakan zanjabil ichimligini olish uchun qirg‘ichdan 1,5 choy qoshiq zanjabil chiqarib, uni 10 daqiqa qaynoq suvda damlash lozim.   

Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasini oddiy ichimlik suvi egallagan. Kuniga 8 stakan suv ichish qorinning shishishi va hazm qilish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi degidratatsiya rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, organizmda suv balansiga amal qilish samarali ozishning garovi hisoblanadi. 

Mavzuga oid