Jamiyat | 10:25 / 18.10.2018
28509
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: valyutachilar «yama»si fosh etildi

Foto: Yegor Aleyev/TASS

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati. 

Unda fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q. Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida qonunga xilof ravishda «yama» tashkil qilib, chet el valyutasi savdosi bilan shug‘ullanib kelishganligi aniqlanib, har bir AQSh dollarini 8200 so‘mdan hisoblab, 15000 AQSh dollarini fuqaro M.ga 123 mln. so‘mga sotgan vaqtda ushlanganlar.

Tadbir davomida ulardan 15000 AQSh dollari hamda tashkil qilingan «yama»dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 38 mln. 600 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid