Jahon | 11:55 / 20.10.2018
13031
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft asoschisining o‘limiga aniq nima sabab bo‘lgani aytildi

Foto: James A. Finley/AP

Microsoft korporatsiyasining asoschisi Pol Allen septik (sepsis natijasida sodir bo‘ladigan) shokdan vafot etgan. Bu haqda TMZ o‘lim haqidagi guvohnomaga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Noxodjkin limfoma og‘ir asoratlarga olib kelgan. Gap o‘limiga sabab bo‘lgan septik shok va immunosupressiya haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft hamasoschisi Pol Allen 65 yoshida vafot etgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke shaharchasida Micro-soft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro‘yxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga ko‘ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 51-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

Mavzuga oid