Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ma'lum qildi
16 oktabr kuni Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bu haqda 19 oktabr kuni hukumat yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ma'lum qildi, deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga salom yo‘llab, O‘zbekiston Turkmaniston bilan do‘stona munosabatlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan. Shu bilan birga, joriy yilning aprel oyida Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Turkmaniston delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi, ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda turkman-o‘zbek muloqotini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, 2019 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va kun tartibiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
«Shu munosabat bilan qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani bildirilib, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi bilan teng huquqli asosdagi hamkorlikning strategik xususiyatini mamnuniyat bilan ta'kidladi», - deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024