Sport | 23:38 / 21.10.2018
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga jahon chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Bugun, 21 oktabr kuni musobaqada medallar uchun bahslar o‘tkazildi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, -74 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U medal uchun jangda turkiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston hisobiga ushbu jahon chempionatidagi dastlabki medalni qo‘shib qo‘ydi.

Mavzuga oid