BMT niqobning taqiqlanishini musulmon ayollari huquqlarining toptalishi deb tan oldi
BMT ayollarning niqob kiyib yurgani uchun jarimaga tortgan Fransiya inson huquqlarini poymol qilgan, deb hisoblamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasidagilar bu taqiq musulmon ayollarining ibodat erkinligiga putur yetkazadi, degan xulosaga kelishgan.
2016 yilda inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga yuzni berkitish imkonini beruvchi kiyim kiyib yurgani uchun jarimaga tortilgan ikki nafar ayoldan shikoyat kelib tushgan.
Fransiyada esa 2010 yilda «hech kim ommaviy muhitda yuzni berkitish uchun mo‘ljallangan kiyim yoki buyum kiyib yurishi mumkin emas»ligini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.
Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, omma oldida niqob (burqa) kiyib yurish uchun umumiy taqiq musulmon ayollarining huquqlarini poymol qiladi. Fransiya mazkur kiyimni taqiqlash nechog‘lik zarur ekanligini yetarli tarzda tushuntirib bera olmagan. Bu xavfsizlik nuqtai nazaridan ekanligi qo‘mitani qanoatlantirmagan.
BMTdagilar taqiq o‘ta radikal ekanligini tan olishgan. Davlatlar faqat shaxsni aniqlashtirish uchun yuzni ko‘rsatishni talab qilishga haqli. Endi 180 kun ichida Fransiya hokimiyati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasiga hisobot topshirishi va shikoyat qilgan ayollarga kompensatsiya to‘lab berishi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024