O‘zbekiston | 13:09 / 24.10.2018
9880
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yashovchi uch shaxs Toshkentda 80 mln so‘mlik bolalar o‘yinchoqlarini o‘g‘irlab ketdi

Foto: Depositphotos

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 22 oktabr noma'lum shaxs THAY ko‘chasi 5-uyda joylashgan Chilonzor tumanida yashovchi M.X.ga tegishli omborxona eshigini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 80 mln. so‘mlik turli xildagi bolalar o‘yinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.U., B.R. va J.Ya. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanishdi. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Mavzuga oid