Jahon | 00:23 / 25.10.2018
9964
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya FXX sun'iy yo‘ldosh internetini xavfli deb topdi

Foto: Kim Shiflett / ZumaPress / Globallookpress.com

Federal xavfsizlik xizmati (FXX) vakili Vladimir Sadovnikov xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqori tezlikdagi OneWeb sun'iy yo‘ldosh internet loyihasiga kirishni cheklash zarurati haqida so‘zladi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi

"Sun'iy yo‘ldosh tizimi razvedka maqsadlarini ko‘zlamasligi va Rossiya Federatsiyasi manfaatlari va jamiyatiga ziyon yetkazmasligiga oid kafolatlar ko‘proq deklarativ xarakterga ega va bu Rossiya tomonidan ishonchli tekshirilishi mumkin", - deydi Sadovnikov. 

FXX vakilining fikricha, OneWeb'ning Rossiyada qo‘llanilishi shuningdek mahalliy aloqa operatorlari bozorida raqobatni saqlab qolishga turtki beradi. Bundan tashqari, u Hindiston yoki Xitoy bilan muqobil funksionalga ega o‘z tizimlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanish zarurligini ta'kidladi. 

Mavzuga oid