Sport | 18:22 / 26.10.2018
8417
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Foto: Getty Images

UYeFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turi natijalariga ko‘ra, eng yaxshi futbolchini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomani yakunladi.

Birinchi o‘rinni «Roma» hujumchisi Edin Jyeko qo‘lga kiritdi. Bosniyalik futbolchi TsSKA (3:0) klubiga qarshi bahsda 2ta gol urib, 1ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Undan keyingi o‘rinlarni «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh («Tsrveny Zvezda» darvozasiga 2ta gol), «Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva («Shaxtyor» darvozasiga gol) va «Borussiya Dortmund» himoyachisi Ashraf Hakimiy egalladi.

Mavzuga oid