Jahon | 18:43 / 26.10.2018
29999
2 daqiqa o‘qiladi

Chepiga yashagan GRU yotoqxonasida xodimlarning farzandlari maxfiylashtirilgan. Buning uchun ular 100 yoshga «qaritib qo‘yilgan»

Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi rahbariyati 2011 yilda Marshal Biryuzov ko‘chasida joylashgan idora yotoqxonasida yashovchi GRU xodimlarining farzandlarini maxfiylashtirish haqida buyruq chiqargan. Bu haqda jurnalist Sergey Kanev va «Dose» Markazining surishtiruvida aytiladi. 

Tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Britaniya tomoni GRU sobiq zobiti Sergey Skripalni zaharlashda gumonlayotgan Anatoliy Chepiga Harbiy-diplomatik akademiyada tahsil olgan paytda ushbu yotoqxonada istiqomat qilgan.

Maxfiylashtirish quyidagicha ro‘y bergan - yotoqxonada yashovchi barcha 56 nafar bolaning «tug‘ilgan sanasi» ustunida haqiqiy yoshga 100 yildan qo‘shib qo‘yishgan. Ya'ni, 2005 yilda tug‘ilganlar 1905, 2010 yildagilar esa 1910 yil, deb yozilgan.

«Harbiy idoradagi manbaga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi navbatdagi marta pensionerlar ro‘yxatini tekshirganida va kutilmagan tarzda ikki uyda yashab kelayotgan, hisobga olinmagan yuz yoshlilarni aniqlaganda oshkor bo‘ldi. Rossiya Pensiya jamg‘armasi xodimlari buni qandaydir firibgarlik sxemasi deb o‘ylashgan hamda hatto politsiyaga murojaat qilishmoqchi bo‘lgan, biroq Mudofaa vazirligi o‘z vaqtida aralashdi va gap nimada ekanligini tushuntirib berdi», - deyiladi «Dose» Markazi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiy universitet hurmat taxtachasida Skripalni zaharlagan shaxsning surati aniqlangandi.

Mavzuga oid